"Buxoro" yana bir xorvatiyalik legioner bilan shartnoma imzoladi

Alisher
14 yanv 2025
"Buxoro" o'z safiga yarim himoyachi Iosip Tomashevichni qo'shib oldi.

"Jamoamiz murabbiylari yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish maqsadida mahoratli himoyachi Iosip Tomashevich bilan shartnoma imzoladi. Ma'lumot uchun Iosip Tomashevich o'tgan mavsumda Ruminiya davlatining "Otselul" jamoasida mavsumni o'tkazdi. Bundan tashqari Xorvatiya, Bolgariya, Gretsiya, Isroil jamoalarida to'p surgan. 30 yoshli xorvatiyalik himoyachi bugun jamoamiz bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

Umid qilamizki, xorvatiyalik futbolchi jamoamizga sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritishda yordam beradi. "Buxoro" oilasiga xush kelibsan, Iosip!

Iosip Tomashevich

- 04.03.1994

- Yarim himoyachi

- O'ynagan jamoalari: "Split" (Xorvatiya), "Cibaliya" (Xorvatiya), "Lokomotiv Plovdiv" (Bolgariya), Atromitos (Gretsiya), Xapoel Xadera (Isroil), Otselul (Ruminiya)", - deyiladi klub xabarida.


Rasman: "Buxoro" xorvatiyalik legionerni safiga qo'shib oldi




AlisherMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати