"Buxoro" va "Mashal" (yoshlar) o'rtasidagi nazorat uchrashuvi Kogonda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2014
"Buxoro" jamoasining mavsumoldi yig'ini davom etmoqda.
Jamoa bir marotaba nazorat uchrashuvini o'tkazganidan xabaringiz bor.

14 yanvar kuni "Buxoro" jamoasi bir yo'la ikki marotaba nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Shu kuni jamoamizga sparring-raqib Jamshid Saidov boshchiligidagi "Mashal" yoshlari buladi.

Hozirgi kunga kelib "Buxoro" jamoasini asosan yoshlar tashkil etishini inobatga oladigan bo'lsak, ushbu nazorat uchrashuvi yoshlarni sinovdan o'tkazish uchun ayni muddao buladi.

Uchrashuv soat 11.00 va 13.00 da Kogon shahridagi "Lokomotiv" o'yingohida bo'lib o'tadi.

Nazorat uchrashuvi
"Buxoro" - "Mashal"(yoshlar)
14 yanvar,11.00 va 13.00

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfkbuxoro.uz