"Buxoro" ustozi: "Ilk 25 daqiqalikka psixologik tayyor emas edik"

Eldor Akmurzayev
10 avg 2019
O'zbekiston Superligasining 16-tur Paxtakor hamda Buxoro uchrashuvidan so'ng (5:0) o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Muhsin Muhammadiev qatnashdi.

"Jamoamiz ilk 25 daqiqalikda o'yinga psixologik tayyor emas edi. 50 metrdan to'p kelayotgan vaqtda qo'pol xatoga yo'l qo'yildi va oqibatida birinchi gol yuzaga keldi. Keyin esa jarima zarbasi va shu bilan barchasi yakunlandi. Maydon egalarining chempionlik uchun kurashayotgani hamda boshqa omillarning ta’siri biz uchun ahamiyatli bo'lmasligi kerak edi. Biroq, bugun Paxtakor kuchliroq ko'rindi. O'yinda yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Oddiy xato va shundan so'ng barchasi o'zgarib ketdi. Paxtakor bilan o'yinda xato qilish kerak emas axir. Hozir jamoamizga gol ura oladigan hujumchi etishmayapti. Hayot shu bilan to'xtab qolmaydi, keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rishda davom etamiz. Paxtakorni esa tabriklaymiz", deya so'zlarini yakunladi Muhammadiev.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia