Buxoro Tojikiston terma jamoasi yarim himoyachisi bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2019
Dushanbening Istiqlol klubi va Tojikiston terma jamoasi yarim himoyachisi Fatxullo Fatxulloev faoliyatini O'zbekistonda davom ettiradi.

Oxirgi 11 mavsum davomida Dushanbe klubi safida o'ynagan Fatxullo Fatxulloev Buxoroga ko'chib o'tdi. Futbolchi Buxoro safiga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi va kecha yil oxiriga qadar shartnoma tuzdi. Bu haqda Istiqlol klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Fatxulloev yangi klubida 81-raqam ostida o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda Buxoroni Tojikiston futboli tarbiyalanuvchisi, Tojikiston va Istiqlol klubining sobiq ustozi Muhsin Muhammadiev boshqarmoqda.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia