"Buxoro" Superligada mezbon sifatida 11 o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti

Mirjalol Normatov
7 apr 2023
Biroz avval Coca Cola Superligasi doirasida "Buxoro" - "Bunyodkor" uchrashuvi (0:2) yakunlandi.

Etibotli jihati, voha klubi Superliga miqyosida o'z maydonidagi ketma-ket 11-o'yinda g'alaba qozona olmadi.

"Buxoro" so'nggi bor 2020 yilning avgustida "Surxon"ni qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchgan.

Klub o'z maydonidagi navbatdagi uchrashuvini 21 aprel sanasida "Neftchi"ga qarshi o'tkazadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia