"Buxoro": Sardor Qobuljonov bilan shartnoma tuzildi

Narzulla Saydullayev
10 yanv 2016
“Buxoro”ning qishki yig'inlarni boshlaganiga bir oy bo'ldi.

Jamoa Toshkentda ikki mahaldan mashg'ulotlarni olib bormoqda. O'tgan mavsum jamoamiz sharafini himoya qilgan ko'plab futbolchimlarning shartnomalari o'z nihoyasiga yetib bo'ldi. Bugundan boshlab jamoa rahbariyati  bazi futbolchilar bilan yangi shartnomalar imzolashni boshlab yuboradi.

Hozirgina darvozabon Sardor Qobuljonov bilan yangi bitimga imzo chekildi va rasman Sardor Qobuljonov 2016 yilgi mavsumni ham “Buxoro”da o'tkazadigan bo'ldi.

Ertaga yana yangi shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Biz saytimiz orqali har bir futbolchi bilan yangi shartnoma imzolangani bilanoq tezkorlik bilan sizlarni bu haqida boxabar qilib boramiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com