“Buxoro” ikki futbolchi bilan do'stona xayrlashdi

Buxoroning "Buxoro" klubi Baxriddin Vaxobov va Tohir Shamsitdinov bilan xayrlashdi.

Muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan hujumchi Baxriddin Vaxobov  hamda  himoyachi Tohir Shamsitdinovlarga boshqa jamoalardan takliflar tushgani bois “Buxoro” jamoasi ular bilan xayrlashdi.

Yangi mavsumni Vaxobov Termizning “Surxon” jamoasida, Shamsitdinov esa Jizzaxning “So'g'diyona” klubida davom ettiradigan bo'lishdi.  
Jamoamiz ikki sevimli futbolchilarining kelgusidagi o'yinlarida  omadlar tilab qoladi.


"Buxoro" matbuot xizmati


Manba: championat.asia