“Buxoro” futbolchilari test-normativlarini topshirdi

Narzulla Saydullayev
21 fev 2019
O'FA Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi har yili mavsum starti va ikkinchi davra o'yinlari oldidan futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini bilish maqsadida test-normativlarini o'tkazib kelmoqda.

Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo'limi xodimi pedagogika fanlari nomzodi, professor Shamil Iseev boshchiligidagi mutaxassislar 20 fevral kuni jamoamiz futbolchilaridan test-normativlar oldi.

Bundan ko'zlangan maqsad, mavsum avvalida futbolchilarning yangi chempionatga qanday tayyorgarlik ko'rganini aniqlash, ularning jismoniy jihatdan to'liq mavsum o'tkazishga tayyorligiga ishonch xosil qilishdir.

Test-normativlar natijasi bir necha kundan so'ng texnik-bo'lim tomonidan ma'lum qilinadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати