

Butun umr Milan muxlisi bo'lib qolaman. Hozirgi holatda hayajon kuchli, nafas olishim ham qiyin, ammo hammasi joyida. San-Sirodan shunchalik ko'p xotiralar qolayaptiki... Boshida u menga mehr berdi, keyin esa – baxt.
Oilamga sabr uchun rahmat deyman. Ikkinchi oilam – o'yinchilar, murabbiylar, xodimlardan ham minnatdorman. Muxlislarga ham chin yurakdan tashakkurimni bildiraman. Futbol bilan xayrlashish fursati etdi, ammo siz bilan emas, - deydi 41 yoshli shvetsiyalik hujumchi.
Ma'lumot uchun, Zlatan professional faoliyatini 1999 yilda boshlagan. U Milandan tashqari, Malme, Ayaks, Yuventus, Inter, Barselona, PSJ, Manchester Yunayted, Los-Andjeles Gelaksi klublari sharafini himoya qilgan.



