"Bunyodkor"ning sobiq hujumchisi Avstraliyada o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
25 sen 2015
"Bunyodkor" klubining sobiq futbolchisi Milosh Trifunovich faoliyatini Avstraliyada davom ettiradigan bo'ldi.

2011 yilda "Bunyodkor" safida o'ynagan serbiyalik hujumchi Avstraliyaning "Nyukasl Jets" klubi bilan shartnoma tuzdi. "Qaldirg'ochlar" safini tark etgach Trifunovich Xitoyda "Liaoning Vxovin", Qozog'istonda "Atirau" va Serbiyada "Radnichki Nish" klublari sharafini himoya qildi.

Ma'lumot uchun, Trifunovich 2011 yil oliy ligada 17ta gol bilan to'purar bo'lgandi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia