"Bunyodkor" vakili, "Andijon" darvozaboni va himoyachisi "Paxtakor" mashg'ulotlariga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2022
O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

"Sherlar"ning bugungi mashg'uloti yangi bosh murabbiy Slavche Voyneski qo'l ostida o'tkazgani haqida xabar berdik.

Ushbu mashg'ulotda jamoa safida o'tgan mavsum "Bunyodkor"da o'ynagan Avazbek O'lmasaliev ham ishtirok etdi. Bundan tashqari "Andijon"dan darvozabon Eldor Adhamov va himoyachi Sardor Xursandov ham "sherlar" safida shug'ullanishdi.

Oldinroq xabar berganimizdek, "Paxtakor" mashg'ulotida Sardor Rashidov ham qatnashmoqda.


Eldor Adhamov (16-raqamda)


Avazbek O'lmasaliev (o'rtada)


Sardor Xursandov (29-raqamda)



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar