"Bunyodkor" poytaxt derbisiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2020
"Qaldirg'ochlar" Coca Cola Superliga 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor"ga qarshi Toshkent derbisiga ko'tarinki kayfiyatda hozirlikni olib bormoqda.

Vadim Abramov shogirdlarining kecha o'tkazilgan quvnoq kayfiyatdagi mashg'ulotidan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.



Jamoa a'zolari dastlab chigalyozdi mashqlari bilan navbatdagi kungi mashg'ulotlarga kirishishdi.


Abdulla Abdullaev to'pni qaysi jamoadoshiga uzatishni o'ylamoqda.


Mashg'ulotlarda futbolchilar to'p uchun oxirigacha kurash olib borishmoqda.


To'p darvozaga kirdimi?


Vadim Abramov ko'rsatma bermoqda.


Sardor Abduraimov asosiy tarkibga kirish uchun yanada ko'proq mehnat qilayotgani aniq.


Jasur Jaloliddinovdan umidimiz katta.


Mashg'ulot yakunida futbolchilar darvozaga zarba yo'llash bo'yicha bellashdilar.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати