

"Kelasi hafta FIFA Prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegaciya mamlakatimizga tashrif buyuradi.
Delegaciya tashrif davomida mamlakatimiz futbol infratuzilmasi bilan yaqindan tanishishi, shuningdek, milliy chempionatimiz uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatishi rejalashtirilgan. Shuni inobatga olgan holda Coca-Cola Superliga 9-turidan o'rin olgan “Bunyodkor” - “Olimpik” uchrashuvi 6-may sanasida bo'lib o'tadigan bo'ldi. Mazkur uchrashuv soat 18:30 da start oladi.
O'z navbatida “Bunyodkor” futbol klubining O'zbekiston kubogi guruh bosqichi doirasidagi “Metallurg”ga qarshi uchrashuvi esa 9-may sanasidan 10-sanasiga ko'chirildi", -deyiladi PFL bayonotida.



