“Bunyodkor” OCHL startlarida qanday natija qayd etgan?

Narzulla Saydullayev
23 fev 2014
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bu yil Osiyo Chempionlar ligasidagi ettinchi mavsumini o'tkazadi.
“Qaldirg'ochlar” bungacha ishtirok etishgan oltita mavsumda jami 52ta uchrashuv o'tkazishgan. Shularning 22tasida g'alaba qozonilgan bo'lsa, 15ta durang va shuncha mag'lubiyat qayd etilgan. To'plar farqi – 67:61.

Qayd etish kerakki, bungacha qatnashilgan oltita musobaqa startining to'rttasida ijobiy natijalar qo'lga kiritilgan. Ayniqsa, 2010 va 2013 yilgi start juda-juda omadli bo'lganini aytish joiz.

“Bunyodkor” OCHL startlarida:
2008 yil. “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) – “Bunyodkor” 1:0
2009 yil. “Bunyodkor” – “Al-Ittifoq” (Saudiya Arabistoni) 2:1
2010 yil. “Bunyodkor” – “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni) 3:0
2011 yil. “Al-Vahda” (BAA) – “Bunyodkor” 1:1
2012 yil. “Bunyodkor” – “Adelaida Yunayted” (Avstraliya) 1:2
2013 yil. “Sanfrechche Xirosima” (Yaponiya) – “Bunyodkor” 0:2
2014 yil. “Al-Fath” (Saudiya Arabistoni) – “Bunyodkor” -:-

Umid qilamizki, “Bunyodkor”ning 2014 yilgi ishtiroki ham ijobiy natija bilan boshlanadi.

Bahodir MIRZAEV
Al-Hasa, Saudiya Arabistoni

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com