"Bunyodkor": OCHL-2017 akkreditatsiya kartochkalari tayyor

Narzulla Saydullayev
24 fev 2017
"Bunyodkor" FK matbuot xizmati 2017 yilgi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun akkreditatsiya jarayoni yakunlanganligini e'lon qiladi.

Jamoamizning uy uchrashuvlarini yoritib borish istagida bo'lgan OAV vakillarining hujjatlari 21 fevralga qadar qabul qilindi.

Akkreditatsiya kartochkalari 27 fevral kuni "Bunyodkor" - "Al-Ayn" uchrashuvi oldidan tashkil etiladigan matbuot anjumanida o'z egalariga topshiriladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com