Xabaringiz bor, “qaldirg'ochlar” 17 fevral sanasida Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi, bitta o'yinlik bahsni Toshkentda BAAning “Al-Jazira” klubiga qarshi o'tkazadi. Agarda “Bunyodkor” bahsni o'zi uchun ijobiy yakunlasa, u holda jamoamiz guruh bahslarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.
“Bunyodkor”ning uy uchrashuv(lar)ida o'yindan oldingi va keyingi matbuot anjumanlari, ishlash uchun qulay qilib jihozlangan media-tribuna, bellashuvga oid materiallar tarqatiladigan va qalamkashlar ishiga muvofiq taminlangan matbuot markazi, bellashuv qatnashchilari bilan bevosita suhbat qurish joyi bo'lmish mikst-zona hamda darvozalar ortiga (suratkashlar uchun) o'tib borish huquqini beradigan ruxsatnoma kartochkalarini olish uchun jurnalistlardan arizalar 2 fevraldan 10 fevralga qadar qabul qilinadi.
Buning uchun ommaviy axborot vositalari xodimlari “Bunyodkor” FK matbuot xizmatiga o'z tashkilotlari rahbari nomidan akkreditatsiyadan o'tkazish uchun xat, 2 donadan 3x4 hajmdagi fotosurat, pasportdan nusxa taqdim etishlari so'raladi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun “Bunyodkor” FK matbuot xizmatiga murojaat etishingiz mumkin. Telefon: (+998 71) 230 40 59