"Bunyodkor" – "Neftchi" uchrashuvi Jar stadionida o'tkaziladi

Administrator
25 okt 2023
Coca Cola Superligasi 23-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Neftchi" o'yiniga "Jar" stadioni mezbonlik qiladi.

Sababi ayni vaqtda "Bunyodkor" stadioni Parij-2024 olimpiya o'yinlarining ayollar o'rtasidagi saralash musobaqasiga mezbonlik qilishga taraddud ko'rmoqda. 

Avvalroq saralash turniriga "Bunyodkor" va "Jar" stadionlarini jalb etish rejalashtirilgandi. Biroq 23-turdan ham "Olimpik", ham "Bunyodkor" ishtirokidagi uy o'yinlari joy olganidan kelib chiqib, O'FA mazkur stadionlardan faqatgina bittasini tanlab oldi hamda "Bunyodkor" klubi bilan kelishuvga erishdi. 

"Bunyodkor" – "Neftchi" o'yini 28 oktyabr, shanba kuni 18:15 da start oladi.


AdministratorMuallif
Manba: pfl.uz