"Bunyodkor" futbolchisi faoliyatini yakunladi

Narzulla Saydullayev
1 dek 2019
Tajribali darvozabon, faoliyatining ko'p qismini Bunyodkorda o'tkazgan Murodjon Zuhurov butsasini mixga ilishga qaror qildi.

36 yoshli darvozabon uchun Bunyodkor - So'g'diyona bahsi faoliyatidagi so'nggi o'yinga aylandi. Bunyodkor futbol klubi rahbariyati Murodjon Zuhurovga uzoq yillar jamoaning g'alabalari yo'lida qilgan xizmati, mehnati uchun minnatdorchilik bildiradi. Aytish kerakki, bu mehnatlar e'tiborsiz qoldirilmaydi. Kelasi yilning bahor faslida Bunyodkor futbol klubi rahnamoligida Murodjon Zuhurov uchun xayrlashuv uchrashuvi o'tkaziladi.

MA'LUMOT UCHUN
Murodjon Zuhurov
Tug'ilgan sanasi
: 23.02.1983
Futbolchilik faoliyati
2003 yil - Do'stlik (3ta o'yin)
2004 yil - Metallurg (4ta o'yin)
2005 yil - Metallurg (7ta o'yin)
2006 yil - Metallurg (21ta o'yin)
2007 yil - Navbahor (6ta o'yin)
2008 yil - Bunyodkor (10ta o'yin)
2009 yil - Bunyodkor (11ta o'yin)
2010 yil - Bunyodkor (2ta o'yin) / Nasaf (9ta o'yin)
2011 yil - Nasaf (10ta o'yin)
2012 yil - Nasaf (19ta o'yin)
2013 yil - Bunyodkor (12ta o'yin)
2014 yil - Bunyodkor
2015 yil - Bunyodkor (20ta o'yin)
2016 yil - Bunyodkor (29ta o'yin)
2017 yil - Bunyodkor (22ta o'yin)
2018 yil - Bunyodkor (14ta o'yin)
2019 yil - Bunyodkor (13ta o'yin)

O'zbekiston terma jamoasi safida 4ta o'yinda maydonga tushgan.








Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com