Bunyodkor Farg'ona Hokimi Kubogida qatnashadi

Narzulla Saydullayev
18 yanv 2021
23 yanvardan e'tiboran Farg'ona viloyati futbol associaciyasi tomonidan ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Hokim Kubogi musobaqasi start oladi.

Aytish kerak, Bunyodkor Hokim Kubogining bu yilgi mavsumida ishtirok etadi. 16ta jamoa 4ta guruhda g'oliblik uchun kurash olib boradigan bahslarning final o'yini 2 fevralga belgilangan. Turnirda Bunyodkordan tashqari Buxoro, Neftchi, Qo'qon-1912, Turon, Andijon, Istiqlol hamda Tojikiston va Qirg'iziston jamoalari qatnashadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.uz