“Bunyodkor” bugun Azizbek Haydarov jamoasiga qarshi o'ynaydi

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi BAAdagi yig'inini davom ettirmoqda.
10 yanvar, shanba kuni “qaldirg'ochlar” BAA yig'ini doirasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvini mahalliy “Al-Shabab” klubiga qarshi o'tkazadi.

Ushbu klub o'zbek futbol muxlislariga “Bunyodkor”ning sobiq a'zosi Azizbek Haydarov orqali yaxshi tanish bo'lsa kerak. Haydarov “Al-Shabab” yetakchisi va sardori hisoblanadi.

Albatta, Osiyo kubogi-2015dagi ishtiroki tufayli Azizbek Haydarov “Bunyodkor”ga qarshi safda bo'lmaydi.

Manba: bunyodkor.com