Bundesligaga yo'llanma olgan birinchi klub nomi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
20 may 2023
Ikkinchi Bundesliganing 33-turi doirasida "Darmshtadt" jamoasi o'z maydonida "Magdeburg"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Shu orqali "Darmshtadt" chempionat tugashiga bir tur qolganida Bundesligaga yo'llanma oldi. Aslida jamoa o'tgan haftadayoq masalani hal qilishi mumkin edi. Biroq ular "Gannover"ga imkoniyatni boy berib qo'yishdi.

Bu "Darmshtadt"ning Bundesligadagi beshinchi mavsumi bo'ladi. Jamoa so'nggi marta 2017 yili ligada qatnashgan va turnirdan chiqib ketgandi.

Ikkinchi yo'llanma uchun "Xaydenxaym" va "Gamburg" jamoalari kurash olib bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal