Bundesligada may oyining eng yaxshi futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
16 iyun 2020, 20:18
"Bayer" yarim himoyachisi Kay Xaverc Germaniya chempionatida may oyining eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

May oyida Xaverc Bundesligada 4 o'yinda qatnashdi va 5 bora raqiblari postiga yo'l topdi. Ushbu sovrin uchun kurashda futbolchi  Joshua Kimmix, Benjamin Pavar, Ashraf Hakimi, Timo Verner va Kristof Baumgartner kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, 21 yoshli xavbekning xizmatlariga "Real", "Barselona", "Manchester Yunayted", "Bavariya" va Nyukasl" klublari qiziqmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild