Bundesliga. “Shtutgart” safarda “Bayer”ni mag'lub etdi

Bundesliganing 32-turida “Bayer” futbolchilari o'z maydonlarida “Shtutgart”ga engilishdi.

“Bay Arena”da kechgan bahs taqdirini 67-daqiqada Kristian Gentner tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. 17-daqiqada “Bayer” futbolchisi Lukas Alario penaltini aniq amalga oshira olmadi.

“Bayer” 51 ochko bilan turnir jadvalida 5-pog'onada borayotgan bo'lsa, “Shtutgart” 45 ocheo bilan 8-pog'onani band etgan.


Manba: championat.asia