Bundesliga. “Shalke-04” g'alaba qozonib, “Bavariya”dan o'zib ketdi

Kecha Germaniya chempionatining 13-turidan o'rin olgan ilk uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda “Shalke-04” jamoasi “Union”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu g'alabadan so'ng gilzenkirxenliklar ochkolari sonini 25 taga etkazib, musobaqa jadvalida 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Hali o'z uchrashuvlarini o'tkazmagan “Leyptsig” va “Bavariya” hisobida esa 24 tadan ochko bor. “Union” esa 16 ochko bilan 11-pog'onani egallab turibdi.

“Shalke” – “Union” 2:1

Gollar: 1:0 – 23 Raman, 1:1 – 36, penalti Ingvartsen, 2:1 – 86 Serdar.

Shalke – Nyubel, Kenni, Kabak, Nastasich, Ochipka, Makkenni, Maskarel, Kalidjuri, Xarit (Bekker, 90), Serdar, Raman (Kutudju, 84).

Union Berlin – Gikevich, Fridrix, Shlotterbek (Xyubner, 27), Subotich, Trimmel, Andrix, Gentner, Lenc, Ingvartsen, Andersson (Udja, 86), Byulter (Bekker, 70).

Ogohlantirishlar:Shlotterbek (22), Andersson (38), Xyubner (42), Fridrix (69), Makkenni (90).


Manba: Chempionat.asia