Bundesliga peshqadami bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
Mirjalol Normatov
29 sen 2022, 00:55
Ayni damda Bundesliga peshqadami bo'lib turgan "Union Berlin" klubi bosh murabbiy bilan kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirdi.
Yangi kelishuv 2024 yil yoziga qadar amal qiladi.
56 yoshli shveytsariyalik mutaxassis 2018 yil yozidan buyon jamoani boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa Bundesligaga yo'llanma oldi va ayni damda chempionatda yetakchilik qilmoqda.