Bundesliga. “Gerta” va “Gamburg” o'rtasida pley-off uchrashuvi bo'lib o'tdi

Eldor Akmurzayev
24 may 2022
Bundesliga o'tish bahsida “Gerta” safarda “Gamburg”ni 2:0 hisobida engib, yuqori elitada qoladigan bo'ldi.

Jamoalar o'rtasida o'tgan ilk uchrashuvda “Gamburg” 1:0 natijasi bilan zafar quchgandi.

Berlinliklar tarkibida Dedrik Boyata va Marvin Plattenxardt raqib darvozasini ishg'ol etishdi. Uchrashuv oxirlarida esa mehmonlar a'zosi Luka Tuzar ikkinchi sariqni olib, maydonni tark etdi.

“Gamburg” 2018 yildan beri ilk bor Bundesligaga qaytish imkonini qo'ldan chiqardi. Bungacha esa klub 55 yildan buyon oliy diviziondan tushib ketmagandi.

Avvalroq, “Verder” hamda “Shalke” Bundesliga 2022/23 yilgi mavsumida qatnashishi ma'lum bo'lib ulgurgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia