

"Yevropa-Park-Shtadion"da "Frayburg" klubi "Volfsburg"ni qabul qildi va 2:0 hisobida zafar quchdi.
Chempionat tugashiga bitta tur qolganida "Frayburg" 59 ochko bilan musobaqa jadvalining 5-pog'onasida bormoqda. Mavsum yakuniga ko'ra kuchli to'rtlikka kirgan klublar Yevropa chempionlar ligasi yo'llanmasiga ega chiqishadi.
"Volfsburg" esa kechagi mag'lubiyatdan so'ng evrokuboklarga chiqish imkoniyatini tushirib yubordi. "Bo'rilar" 33ta o'yindan 49 ochko to'plab, 7-o'rinni egallab turishibdi. 6-o'rin sohibi keyingi mavsum Yevropa Konferenciyalar ligasida ishtirok etadi.

Germaniya chempionati
33-tur
Frayburg – Volfsburg 2:0 (0:0, 2:0)
19 may, "Yevropa-Park-Shtadion"
Gollar: 1:0 – 71 Gyunter, 2:0 – 75 Petersen.
Frayburg – Flekken, Ginter, Linxart, Shmidt (Kyubler, 70), Shallai (Shmid, 90), Vaysxaupt (Gyunter, 70), Xefler, Grifo, Eggeshtayn, Doan (Petersen, 70), Xeler (Chjon Vu En, 90).
Volfsburg – Kastels, Bornauv, van de Ven, Gilavogi, Baku, Kaminski (Paredes, 82), Arnold (Svanberg, 82), Gerxardt, Nmecha, Vimmer (Valdshmidt, 57), Vind (Marmush, 82).
Ogohlantirishlar: Shallai (31), Vind (39), Vimmer (54), Gerxardt (67).
Chetlatish: Xefler (90).




