Bundesliga. "Borussiya Dortmund" ochko yo'qotdi, "Bayer" esa uch ochkoni qo'lga kiritdi

Оқил Абдубарноев
21 mar 2022
Germaniya chempionatining 27-turidan o'rin olgan ikki uchrashuv yakunlandi.

"Kyoln"ga qarshi uchrashuvda dortmundliklar hisobda oldinga chiqib olganiga qaramasdan birinchi bo'limning o'zidayoq o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubordi. Ikkinchi bo'limda darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi hamda "Borussiya" "Bavariya" bilan oradagi farqni qisqartirolmadi. Aksincha, "Bayer" navbatdagi g'alabasini tantana qilib, dortmundliklarga yaqinlashib oldi.

Keln – Borussiya D 1:1 (1:1, 0:0)

Gollar: 0:1 – 8 Volf, 1:1 – 36 Andersson.

Keln – Shvebe, Shmitc (Exizibue, 10), Kilian, Xyubers, Xorn, Shaub (Tilmann, 68), Duda, Ozdjan, Modest, Ut (Ostrak, 84), Andersson (Olesen, 84).

Borussiya D – Kobel, Djan, Akandji, Gerreyru (Brandt, 66), Volf (Pongrachich, 87), Azar (Malen, 81), Vitcel, Reyna, Bellingem, Passlak (Xummels, 46), Xoland (Reyner, 87).

Ogohlantirishlar: Volf (30), Vitcel (43), Djan (47), Ozdjan (67), Duda (76).

Volfsburg – Bayer 0:2 (0:0, 0:2)

Gollar: 0:1 – 86 Paulino, 0:2 – 90 Paulino.

Volfsburg – Pervan, Mbabu (Baku, 74), Bruks (Byalek, 88), Bornauv, Lakrua, Russiyon (Gerxardt, 81), Arnold, Shlager (Vranks, 74), Kruze, Nmecha, Vind (Valdshmidt, 74).

Bayer – Gradecki, Ta, Tapsoba, Kossunu (Sinkgraven, 81), Bakker (Inkapie, 65), Demirbay, Andrix, Adli (Paulino, 81), Belarabi (Arangis, 73), Azmun (Alario, 73), Diabi.

Ogohlantirishlar: Adli (9), Inkapie (83), Lakrua (83), Demirbay (83), Vranks (83).

Bundesliga turnir jadvali


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia