Bundesliga. “Borussiya D” o'z maydonida “Shtutgart”ni tor-mor qildi

Germaniya chempionatining 29-turidan o'rin olgan “Borussiya D” - “Shtutgart” uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.

 Bahsda mezbonlar yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi.

38-daqiqada Kristian Pulishich dortmundliklarni oldingi olib chiqqan bo'lsa, oradan o'n daqiqa o'tib Mishi Batshuayi jamoasining ikkinchi golini urdi.

59-daqiqada Maksimilian Filipp hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.

“Borussiya D” – “Shtutgart” 3:0

Gollar: 1:0 – 38 Pulishich, 2:0 – 48 Batshuayi, 3:0 – 59 Filipp.

“Borussiya D”: 
Byurki, Papastatopulos, Shmelcer (Tolyan, 64), Pishchek, Toprak, Daud, Shaxin, Roys (Serxio Gomes, 87), Pulishich, Filipp (Sancho, 80), Batshuayi.

“Shtutgart”: Ciler, Badshtuber, Pavar, Insua, Aogo (Ozjan, 68), Gentner, Askasibar (Mangalya, 88), Tommi (Larsen, 57), Bek, Ginchek, Gomes.

Ogohlantirishlar: Bek (30), Shmelcer (42), Aogo (56), Gomes (58), Askasibar (70).


Manba: Championat.asia