BUM! Masharipovning jahli chiqdi! Futbolchi "Istiqlol" mashg'ulotiga bormadi

Narzulla Saydullayev
10 mar 2024
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov "Istiqlol"ning bugungi mashg'ulotida ishtirok etmadi.

Ilna Sports Group ma'lumotiga ko'ra, "Istiqlol" Eron chempionatining 20-turidan o'rin olgan "Persepolis"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni Masharipovsiz boshladi.

O'zbekistonlik futbolchi klub bergan ko'plab vadalar bajarilmagani uchun mashg'ulotga bormadi. "Istiqlol" rahbariyati Masharipovga Tehrondan uy va mashina vada qilgandi. Bundan tashqari oilasi uchun Tehronga aviachipta ham olib berilmadi. Futbolchi hamon mehmonxonada istiqomat qilmoqda.

"Istiqlol" qachon bu vadalarni bajarishi hozircha ma'lum emas.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia