Bulaxruz: "Qo'pollik uchun Ronaldudan kechirim so'ramadim"

Aslanov Jasurbek
12 fev 2016
Gollandiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Xolid Bulaxruz qo'pollik uchun Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldudan uzr so'ramaganini aytdi.

Futbolchilar 2006 yilgi jahon chempionati nimchorak finalida uchrashishgan. Bir vaziyatda Bulaxruz "Real"ning bo'lajak hujumchisiga qarshi juda qo'pol o'ynagan edi. O'sha paytlarda Ronaldu "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan.

"Bu fol borasida hech qachon Krishtianu bilan gaplashmaganman. Bu voqeadan bir yarim yil o'tib van der Sar  Krishtianuda chandiq qolganini aytdi. Keyinroq Ronalduni 2012 yildagi Yevropa chempionatida ko'rdim. Sneyder u bilan suhbatlashdi va menga shunday dedi: "Qara, Bula, ana sening do'sting". Ronalduning yuzidan hammasi ma'lum edi, ammo men uzr so'ramadim" - deydi Bulaxruz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Helden Magazine