Bukmekerlar "Barselona" bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlarni keltirishdi

Sherzod Nurmatov
30 yanv 2024
Ro'yxatda kutilmagan favorit bor.

Bukmekerlik idoralari fikricha, Joze Mourinyu "Barselona" bosh murabbiyi lavozimini egallash uchun favorit hisoblanadi. Bu haqda "Sporting Life" xabar bermoqda.

Garchi "Liverpul"dan ketganidan keyin kamida 1 yillik tanaffusga yo'l olishini aytgan bo'lsa-da, Yurgen Klopp 2-o'rinni egallab turibdi. Kuchli uchlikni "Brayton" ustozi Roberto De Zerbi yakunlab bergan.

"Barselona" bosh murabbiyligi uchun eng kuchli 5 nafar nomzod qatoriga Xabi Alonso ("Bayer") va Michel ("Jirona") ham kiradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sporting Life