Bugun "Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi" musobaqasi start oladi

Aslanov Jasurbek
2 fev 2021, 10:00
Har yili mavsum boshlanishi arafasida “Qashqadaryo viloyati hokimi Kubogi” ananaviy turniri o'tkaziladi.

 2021 yilning 2 fevraldan 8 fevralgacha belgilangan bir haftalik qiziqarli musobaqa  Qashqadaryo viloyat futbol assotsiatsiyasining taqvim rejasiga asosan, Superliga, PRO-Liga, birinchi va  ikkinchi liga jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Jamoalar musobaqada “A” - “Neftchi” (Jarqo'rg'on), “Koson” (Koson), “Jomboy” (Jomboy), “Nasaf U-18” (Qarshi), “Qashqadaryo” (Qashqadaryo v.) va “V” - “Sho'rtan” (G'uzor), “Mehnatchi” (Qarshi), “AZD” (Qarshi), “Mikrokreditbank” (Toshkent), “Zirabuloq” (Narpay) guruhlarida kurash olib borishadi. Uchrashuvlar Qarshi shahrining “Nasaf” futbol maktabi hamda G'uzor shahrining “Sho'rtan” futbol akademiyasi sun'iy qoplamali futbol maydonlarida bo'lib o'tadi.

“Sho'rtan” jamoasi mazkur musobaqadagi birinchi uchrashuvida Qarshi shaxrining “Mehnatchi” jamoasi bilan kuch sinashadi. 

Ushbu uchrashuv 2021 yil 3 fevral kuni G'uzor shahrining “Akademiya” sun'iy qoplamali maydonida soat 11:00 da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Шўртан" клуби матбуот хизмати