Bugun futbol. "Paxtakor" OCHL-2021dagi yurishini boshlaydi

Tolibjon Qosimov
14 apr 2021
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi G'arb mintaqasida guruh bosqich bellashuvlariga start beriladi.

O'zbekiston chempioni "Paxtakor" musobaqaning "B" guruhida "Sharja" (BAA), "Traktor" (Eron) va "Eyr Fors" (Iroq) jamoalari bilan o'zaro kurash olib boradi. Bugun "sherlar" OCHL-2021dagi yurishlarini "Traktor"ga qarshi bahs bilan boshlashadi.

Piter Xyuistra: "Eron jamoalari hamisha qiyin raqib, ular maydonda kurash olib borishadi"

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00da start oladi, bahs "Sharja" stadionida bo'lib o'tadi.

Xalqaro futbol kuni! 

Osiyo Chempionlar Ligasi

"B" guruhi, 1-tur

14.04.2021, 20:00 (UzReport TV live)

"Paxtakor" - "Traktor"

"Sharja" stadioni, Sharja


Sizningcha, Piter Xyuistra shogirdlari Chempionlar ligasini g'alaba bilan boshlay olishadimi?


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia