Bugun Evro-2024 musobaqasining ochilish uchrashuvi bo'lib o'tadi

Khoja
14 iyun 2024, 07:56
Bugun Germaniya yashil maydonlarida Yevropa chempionatiga start beriladi.

Ochilish uchrashuvida mezbonlar Shotlandiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da start oladi.

Germaniya - Shotlandiya

14 iyun, 23:59

Bosh hakam: Kleman Tyurpen

Yordamchi hakamlar: Nikolya Dano va Benjamen Paj

VAR: Jerom Brizar

AVAR: Villi Delajod

AVAR: Massimiliano Irrati

To'rtinchi hakam: Fransua Letekse


KhojaMuallif
Manba: championat.asia