Bugun 17:00. O'zbekiston U-19 – Hindiston U-19

Narzulla Saydullayev
6 noya 2019
O'zbekiston U-19 terma jamoasi bugun Osiyo Chempionati-2020 saralashidagi ishtirokini boshlaydi.

O'zbekiston U-19 terma jamoasi saralashning “F” guruhidan o'rin olgan va guruhda Saudiya Arabistoni, Hindiston hamda Afg'oniston terma jamoalari bilan bahs olib boradi. U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari Saudiya Arabistonidagi Xobar shahrida o'tkaziladi. 

Ilk uchrashuvni vakillarimiz hindistonlik tengqurlariga qarshi o'tkazadi.

6 noyabr
21:05 | Saudiya Arabistoni – Afg'oniston
17:05 | O'zbekiston – Hindiston

8 noyabr
17:05 | Afg'oniston – O'zbekiston
21:05 | Hindiston – Saudiya Arabistoni

10 noyabr
21:05 | Saudiya Arabistoni – O'zbekiston
17:05 | Hindiston – Afg'oniston

Barcha uchrashuvlar Xobar shahridagi “Shahzoda Saud bin Jalavi” stadionida o'tkaziladi.


Kecha Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxati e'lon qilingan edi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz