Bugun 16:30. Janubiy Koreya U-23 - O'zbekiston U-23
Narzulla Saydullayev
23 yanv 2018
Bugun Xitoyda davom etayotgan U-23 Osiyo chempionatida yarim final o'yinlari bo'lib o'tadi.
Toshkent vaqti bilan soat 16:30da Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya bilan o'yinni boshlaydi. Soat 13:00da esa Qatar - Vetnam bahsi start oladi. Ikkala o'yin ham SPORT telekanali orqali namoyish etiladi.