Buffonning agenti: "Butun dunyo Janluijini o'ziga chorlamoqda"

Alisher
8 iyun 2019
Janluiji Buffonning agenti Silvano Martina o'yinchi hali faoliyatini qayerda davom ettirishi borasida qaror qabul qilmaganini aytib o'tdi.

- Buffonning kelajagi? Hozirgi vaqtga kelib biz hech narsani hal qilganimiz yo'q. U shunchaki oilasi bilan vaqt o'tkazishdan zavqlanmoqda. Sizga nima ham deya olardim, faqatgina uni butun dunyo o'ziga chorlayotganligini ayta olaman, - deydi agent.

Buffon professional futbolchilik faoliyatini 1995 yilda "Parma" jamoasida boshlagan. 2001 yilda esa u turinliklar safiga ko'chib o'tgan va klubda yorqin iz qoldira olgan. O'tgan yili esa PSJ tarkibiga o'tdi. Ammo, sal oldinroq italiyalik posbon parijliklar safidan ketishini e'lon qildi.

Futbolchi joriy mavsum PSJ safida 26ta o'yin o'tkazgan.


AlisherMuallif
Manba: TuttoMercatoWeb