Buffon PSJga o'tishi borasidagi gap-so'zlarga izoh berdi

“Yuventus”dan ketgan Jiji Buffon kelgusidagi faoliyati haqida gapirdi.

“PSJga o'tish? Tinchlanib o'zimga kelib olishimga bir hafta kerak va vaziyatni aniqlashtirib olishim lozim. Axir men “Yuventus”dan ketdim... Bu og'ir tanlov. 40 yoshda sizda o'z-o'zidan noaniq qaror qabul qilish imkoniyat bo'lmaydi”, - dedi Buffon.


Manba: Sky Sports Italia