Buffon Donnarummaning "Oltin to'p"ni yutish imkoniyatini qanday baholadi?

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2021, 19:25
"Parma" darvozaboni Janluiji Buffon "Pari Sen-Jermen" va Italiya terma jamoasi posboni Janluiji Donnarummaning "Oltin to'p" uchun kurashdagi imkoniyati haqida to'xtaldi.

"Donnarumma "Oltin to'p"ni yutishi mumkin. U bu mukofotni qo'lga kiritishga intilmoqda. Siz hozir Yashindan keyin "Oltin to'p"ni yutishi kutilgan ikkinchi darvozabon bilan suhbatlashyapsiz. O'shanda aytgandim: "Nega ikkinchi? Eng yaxshi bo'la olmaymanmi?" 

Yoshlikda maksimal harakat qilish kerak. Donnarumma ham shunday qilishi lozim", – dedi Buffon.  

Eslatib o'tamiz, 22 yoshli Donnarumma Italiya termasi tarkibida Yevropa chempionatini yutdi va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia