Bu nimasi?! Hakam futbolchiga zarba berishga urindi va uni maydondan chetlatdi (VIDEO)

Aslanov Jasurbek
15 yanv 2018
"Nant" hamda PSJ o'rtasidagi Fransiya chempionatining 20-tur uchrashuvida g'alati voqea yuz berdi.

0:1 hisobida yakunlangan o'yinning 90-daqiqasida mehmonlar hujumga o'tdi. Orqarorda raqibga yetib olish uchun yugurayotgan "Nant" futbolchisi Diego Karlos e'tiborsizlik tufayli uchrashuv bosh hakami Toni Shapronga urilib, referini yiqitib yubordi. Hakam esa bir dumalab uni yiqitgan futbolchiga zarba berishga urindi, ammo uning baxtiga o'ylangan ish amalga oshmay qoldi. G'azab otiga mingan Toni Shapron avvalroq sariq kartochka olgan Diego Karlosga navbatdagi ogohlantiruvchi kartochkani ko'rsatdi va futbolchini maydondan chetlatdi. Ijtimoiy tarmoqlarda futbol muxlislari Toni Shapronni tanqid qilishmoqda.

TAS-IX

Ko'chirib olish (skachat)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia