"Bu korrupsiya! Bu o'g'rilik!" - "Botafogo" xo'jayini o'z jamoasini "Palmeyras"ga yutqazganidan keyin liga rahbariyati va hakamlarni aybladi

Оқил Абдубарноев
3 noya 2023
Braziliyaning "Botafogo" klubiga egalik qiluvchi amerikalik biznesmen Jon Tekstor jamoasining mag'lubiyatidan so'ng hakamlar va Braziliya futbol konfederatsiyasi rahbarini korrupsiyaga yo'l qo'yganlikda aybladi.

Mezbonlar birinchi bo'limni ajoyib tarzda o'tkazib, 3:0 hisobida oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi bo'limda esa "Botafogo" futbolchisi Adrielson maydondan chetlatildi, raqib jamoa esa to'rtta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Uchrashuvdan so'ng hakamning qizil kartochka ko'rsatish qaroridan g'azablangan "Botafogo" prezidenti hakamlar va Braziliya futbol konfederatsiyasi prezidenti iste'fosini talab qildi.

"Bu korrupsiya, bu o'g'rilik" - dedi u "Sportv" jonli efirida. Bu hodisani butun dunyo ko'rdi, qizil kartochka yo'q edi. Adrielson to'pga birinchi o'ynadi. Qoida buzilganiga ishonchim komil emas. Chetlatish o'yin taqdirini o'zgartirib yubordi. Bu korrupsiya! Bu o'g'rilik! Iltimos, meni jarimaga torting. Ednaldo (Braziliya futbol konfederatsiyasi prezidenti), lekin ertaga iste'foga chiqishingiz kerak. Bu voqea sodir bo'lishi kerak" - dedi  Jon Tekstor.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Geglobo