"Bu 15 kishilik yotoqmi?" Ranokkya Lukaku bilan hazillashdi

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2020
"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku Italiyaga ko'chib o'tganidan so'ng ikkita kvartira sotib oldi.

Bittasi futbolchining o'zi, ikkinchisi esa o'g'li uchun. Belgiyalik o'sha kvartiralarning biridagi yotoqxona suratini "Instagram"ga joyladi va surat ostiga qo'yidagi so'zlarni qo'shib qo'ydi:

"Yangi kvartira, yangi yotoq".


Lukakuning jamoadoshi Andrea Ranokkya belgiyalik forvard bilan hazillashish niyatida surat ostida kulgili izoh qoldirdi:

"Bu 15 kishiga mo'ljallangan yotoqmi?"


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/romelulukaku/