Brunu Fernandesh: "Boavishta" yoshlar jamoasida o'ynab yurganimda MYU haqida orzu qilardim"

Tolibjon Qosimov
28 mar 2020
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh bolaligidan mankunianliklarga muxlislik qilishi haqida gapirdi.

"Manchester Yunayted" men uchun orzudagi jamoa bo'lgan. Akam "Barselona"ga, men esa MYUga muxlislik qilardim.

Otam ma'lum vaqt Shveytsariyada ishlagan va biz Rojdestvo uchun u erga borganmiz. Sport do'konidan akamga "Barsa", menga esa "Manchester Yunayted" libosini olib berishgan.

"Boavishta" yoshlar jamoasida o'ynab yurganimda bu haqda (MYU tarkibida o'ynash) orzu qilganman, lekin bu xuddi boshqa reallikda bo'lishi mumkindek edi. Endi esa bu erda meni eslab qolishlarini xohlayman", - dedi Fernandesh.


Portugaliyalik "Boavishta" tizimida 2004 yildan 2012 yilgacha shug'ullangan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: mirror.co.uk