"Breshia" joriy mavsumda ikkinchi bor Korinini iste'foga chiqardi

Alisher
5 fev 2020
"Breshia" bosh murabbiy Eujenio Korinini iste'foga chiqardi.

49 yoshli mutaxassis joriy mavsumning o'zida ikkinchi bor bosh murabbiylikdan iste'foga chiqmoqda. Birinchi iste'fo o'tgan yilning noyarb oyida sodir bo'lgan edi.

Shundan so'ng jamoani Fabio Grosso qabul qilib oldi va dekabr oyining boshida unga ham chiqish eshiklari ko'rsatildi. Keyinchalik yana Koriniga ishonch bildirildi.

Korinining qaytishidan so'ng "Breshia" 8ta o'yin o'tkazib, 4ta mag'lubiyat, ikkita g'alaba va ikkita durang qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: bresciacalcio.it