APL. "Manchester Siti" mehmonda Xolandning goli evaziga "Brentford"ni mag'lub etdi

Alisher Ostonov
5 okt 2025
APL 7-tur doirasidagi "Brentford" - "Manchester Siti" o'yini bo'lib o'tdi.

Manchesterliklarning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov jarohati sabab bugungi o'yinni o'tkazib yubordi.

O'yinning 9-daqiqasida Erling Xoland Yoshko Gvardiolning uzatmasidan so'ng raqib darvozasini ishg'ol qildi va bu gol bahsda yagona bo'lib qoldi.

5 okt 2025, 20:30
Brentford — Manchester City
0 – 1
Tugadi







Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia