

Bizni Jerrardning yoshi qiziqtirmaydi. Stiven yaxshi va sifatli futbol ko'rsatmoqda. Stiven Jerrardning tiklanish jarayonlarini yaxshi o'tkazib kelamiz. Agarda siz Jerrardning o'yin staitistikasi va qilgan ishlariga baho bersangiz, u naqadar foydali futbolchi bo'layotganiga ishonasiz.
Stiven hozir shunaqa yoshdaki, biz uni har o'yinga boshqacharoq tayyorlashimiz kerak. Biz uning tajribasidan muhim o'yinlarda foydalanishni istaymiz. Agarda u o'yinga tayyor emasligini bilsak, demak uni boshqa yosh futbolchi almashtirib turishi mumkin. Jerrard imkon qadar kerakli bahslarda o'zining optimal jismoniy holatida bo'lishi kerak.



