Breaking: MYU tez orada Sancho transferini e'lon qiladi!

Sherzod Nurmatov
4 sen 2020
Jeydon Sanchoning MYUga ko'chib o'tish sanasi ma'lum.

O'zini "Yunayted" matbuot xizmati amaliyotchisi sifatida tanishtirgan Twitter'dagi manbaning xabar berishicha, Sanchoning "Manchester Yunayted"ga rasmiy transferi shu yilning 14 sentyabrida amalga oshiriladi.

U tushlik vaqtida o'z xo'jayiniga tegishli noutbuk ekranini suratga olgan, suratdan bilish mumkinki, bu taqdimot marosimiga tayyorgarlik jarayonining bir qismi hisoblanadi.

Manbaning qo'shimcha qilishicha, rasm "kampaniya" degan papkada joylashgan bo'lib, "14/09/20" deb nomlangan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia