

"Bu dahshat! Men farzandlari shunday soch turmagi qilishgani uchun barcha onalardan uzr so'rayman.
Men jarohat olgandim va Braziliya mediasi bilan gaplashishni xohlamagandim. Shu sabab shunday soch turmagini qildim. Men jamoadoshlarim oldiga borib so'radim: "Yoqdimi?" Ular javob berishdi: "Yo'q, dahshat! Kesib tashla uni!". Ammo jurnalistlar mening soch turmagimni ko'rishdi va jarohat haqida unutishdi", - deydi Ronaldo.
Eslatib o'tamiz, Ronaldo ayni damda Ispaniyaning "Real Valyadolid" klubi prezidenti va rahbari hisoblanadi.




