Braziliyalik mashhur futbol muxlisi vafot etdi

Braziliya terma jamoasining ashaddiy va fidoiy muxlisi Klovis Akosta olamdan o'tdi.


Braziliya mashhur ishqiboz Klovis Akosta 9 yildan buyon saraton kasalligiga chalingan edi. Akosta 60 yoshida vafot etdi.

Braziliyalik ishqiboz 7ta mundialda o'z sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyurgan va 60dan ortiq mamlakatlarda bo'lgan.

Klovis Akosta chorshanba kuni olamdan ko'z yumdi.


Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar